Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-09-06
Ushbu hujjat Avto Target xizmatidan foydalanganda qanday ma'lumotlar to'planishi, ular nima uchun kerakligi va qanday himoyalanishini tushuntiradi. Xizmat BYTE SOFT MChJ tomonidan taqdim etiladi.
1Qanday ma'lumotlar to'planadi
- Ism, familiya va yosh — ro'yxatdan o'tishda o'zingiz kiritasiz.
- Telegram akkaunt raqami va foydalanuvchi nomi — kirish shu orqali amalga oshadi. Parol yo'q.
- Meta kirish kaliti (System User token) — reklama kabinetingizni boshqarish uchun. Shifrlangan holda saqlanadi.
- Reklama ma'lumotlari — kampaniyalar, statistika va Instagram postlaringiz. Ular Meta'dan olinadi va asosan saqlanmaydi, har safar yangidan so'raladi.
- Texnik yozuvlar — xatolar va so'rovlar tarixi, tizim nosozliklarini topish uchun.
2Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Sizni tanish va hisobingizga kirish imkonini berish.
- Meta reklama kabinetingizni sizning ruxsatingiz bilan boshqarish: kampaniya yaratish, statistikani ko'rsatish.
- Tarif muddati va to'lovlarni yuritish.
- Telegram orqali hisobot va ogohlantirish yuborish.
3Meta kaliti bilan nima qilamiz
- Kalit bazada shifrlangan holda saqlanadi, ochiq ko'rinishda hech qayerda turmaydi.
- Faqat reklama bilan bog'liq amallar bajariladi: kampaniyalar, reklama kabinetlari, sahifalar, Instagram profillari va statistika.
- Shaxsiy yozishmalaringiz, Facebook parolingiz va to'lov ma'lumotlaringizga kirish yo'q.
- Kalitni istalgan vaqtda Meta sozlamalaridan bekor qilishingiz mumkin — bizdan so'ramasdan. Shundan keyin xizmat hisobingizga kira olmaydi.
4Ma'lumotlar kimga beriladi
- Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
- Xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan tashqi xizmatlar: Meta (reklama), Telegram (kirish va hisobotlar).
- Qonun talab qilgan hollarda vakolatli organlarga berilishi mumkin.
5Ma'lumotlar qancha saqlanadi
- Hisobingiz mavjud bo'lgan davrda saqlanadi.
- Meta ulanishini o'chirsangiz, kalit va u bilan bog'liq keshlangan ma'lumotlar darhol o'chiriladi.
- Hisobni butunlay o'chirishni so'rasangiz, barcha ma'lumotlar 30 kun ichida o'chiriladi.
6Sizning huquqlaringiz
- Ma'lumotlaringizni ko'rish va tuzatish — kabinetning Sozlamalar bo'limida.
- Meta ulanishini istalgan vaqtda uzish.
- Hisobni va barcha ma'lumotlarni o'chirishni so'rash.
7Aloqa
- Savollar bo'yicha: info@avto-target.uz
- Telegram: @avtotarget_uz
- BYTE SOFT MChJ, O'zbekiston